Víctor Alejandro Dávila Zavala (talaffuzi: Karlos Alexandro Davila Savala)1997-yil 4-noyabrda Chilining Iquique hududida tugʻilgan. Chililik futbolchi „Pachuca“ klubi va Chili terma jamoasi yarim himoyachisi, „Leon“ klubida ijara asosida oʻynaydi.

Víctor Dávila Futbol
Umumiy maʼlumotlar
Ism sharifi

Víctor Alejandro Dávila Zavala

Tugʻilgan

4-noyabr 1997(1997-11-04)-yil

(24 yosh)


Santyago, Chili

Fuqaroligi

Flag Chili Chili

Boʻyi

173 cm[1]

Vazni

71 kg

Pozitsiyasi

yarim himoyachi

Hozirgi jamoasi
Klub

Flag Meksiki Leon

Raqami

7

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Davila „Huachipato“ klubining tarbiyalanuvchisi. 2014-yil 22-noyabrda u Chili Primer ligasida „Unión Española“ga qarshi debyut qildi[2]. 2016-yilning 1-oktabr kuni „Universidad Católica“ga qarshi kechgan bahsda Viktor „Huachipato“ uchun birinchi golini urdi[3].

2017-yilning yozida Davila Meksikaning „Necaxa“ jamoasiga oʻtdi. 2017-yil 17-may kuni uning Meksikaning Birinchi divizionidagi „Necaxa“ klubiga qo‘shilishi rasmiylashtirildi. 29-oktabr kuni „Lobos BUAP“ga qarshi oʻyinda u Meksika Primer ligasida debyut qildi[4]. 2018-yilning 18-fevralida „Monterrey“ga qarshi bahsda Viktor „Necaxa“ uchun birinchi golini urdi[5]. Oʻsha yili u Meksika kubogini qoʻlga kiritdi.

2018-yil 18-dekabrda „Pachuca“ 12 million AQSh dollari miqdorida futbolchiga pul oʻtkazganidan soʻng, u bilan shartnoma imzolanganligi eʼlon qilindi.

2020-yil 18-dekabrda futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali „Leon“ jamoasi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2021-yilgi Guardanes turnirining 4-turida u „Leon“ safida o‘zining dastlabki debyutini oʻtkazdi. „Atletiko de San Luis“ga qarshi oʻyinda 17 daqiqa ichida u ikkinchi boʻlimda 2 ta golini urish orqali „dubl“ qayd etdi va natijada jamao 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Xalqaro faoliyati tahrir

2017-yilda Davila Chili yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Kolumbiya, Paragvay, Ekvador va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[6][7][8].

2018-yilning 13-oktabr kuni Davila Chili terma jamoasi safida Peruga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi[9].

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami[decimal 1]
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Huachipato  Chili 2014-15 1 0 3 0 4 0
2015-16 9 0 8 2 17 2
2016-17 16 1 4 0 20 1
Jami 26 1 15 2 0 0 41 3
Necaxa  Meksika 2017-18 16 4 9 3 25 7
2018-19 16 6 1 0 17 6
Jami 32 10 10 3 0 0 42 13
Pachuca  Meksika 2018-19 9 1 4 0 13 1
2019-20 20 1 5 1 25 3
2020-21 18 5 18 5
Jami 47 7 9 2 0 0 56 9
León  Meksika 2020-21 16 7 2 0 18 7
2021-22 38 12 4 0 42 12
2022-23 15 4 0 0 15 4
Jami 69 23 0 0 6 0 75 23
Umumiy faoliyatida 174 41 34 7 6 0 214 48

Yutuqlari tahrir

"Necaxa"

  • Meksika kubogi gʻolibi: 2018-yil
  • Meksika Superkubogi sohibi: 2018-yil

Eslatmalar tahrir

  1. No incluye datos de partidos amistosos.

Manbalar tahrir

  1. Profil na sayte Soccerway (angl.)
  2. „Уачипато VS. Унион Эспаньола 1:3“ (en). soccerway.com (2014-yil 22-noyabr).
  3. „Универсидад Католика VS. Уачипато 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 1-oktyabr).
  4. „Некакса VS. Лобос БУАП 5:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 29-oktyabr). 2017-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
  5. „Некакса VS. Монтеррей 3:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 18-fevral).
  6. „Колумбия (до 20) VS. Чили (до 20) 1:0“ (ru). soccerway.com (2017-yil 26-yanvar). 2017-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-fevral.
  7. „Эквадор (до 20) VS. Чили (до 20) 1:1“ (ru). soccerway.com (2017-yil 22-yanvar). 2020-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-fevral.
  8. „Бразилия (до 20) VS. Чили (до 20) 0:0“ (ru). soccerway.com (2017-yil 20-yanvar). 2017-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-fevral.
  9. „Перу VS. Чили 3:0“ (ru). soccerway.com (2018-yil 13-oktyabr). 2018-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.

Havolalar tahrir