Víctor Ulloa (talaffuzi: Viktor Ulloa; 1992-yil 4-martda Meksikaning Chiuaua shtati Syudad Xuares shahrida tugʻilgan) — amerika futbolchisi, MLSning „Inter Miami“ futbol klubi yarim himoyachisi.

Víctor Ulloa
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Víctor Ulloa
Tavallud sanasi 4-mart 1992-yil (1992-03-04) (32 yosh)
Tavallud joyi Ciudad Juárez, Chihuahua, Meksika
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)[1]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Inter Miami
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2011 FC Dallas
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2018 FC Dallas 144 (5)
2019 FC Cincinnati 26 (1)
2020— Inter Miami 63 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 5-oktyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Víctor Ulloa „Dallas“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Klub uni 2010-yil 30-iyulda oʻz tarkibiga qoʻshib olgan, ammo u 2011-yilgi mavsumdan jamoaning asosiy tarkibida oʻynash huquqiga ega boʻlgan[2]. 2011-yil 23-oktabrda u MLSdagi debyutini „San Jose Earthquake“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan[3]. 2014-yilda Víctor asosiy tarkibdan joy olgan va mavsum oxirida 2000 daqiqadan koʻproq maydonda toʻp surgan futbolchi sifatida rekordchiga aylangan. Bu AQSh klublari tarbiyalanuvchilari orasida eng yuqori natija deb qaralgan[4]. 2015-yilning 19-sentabr kuni „Sporting Kansas City“ futbol klubiga qarshi bahsda Ulloa „Dallas“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[5].

2018-yilning 12-dekabrida Víctor Ulloani MLSdagi „Cincinnati“ futbol klubining yangi bosh murabbiyi 150 000 AQSh dollari evaziga sotib olgan. Bu futbolchining faoliyatiga qarab yana 100 000 dollarga oshishi kelishib olingan[6]. Yangi jamoasi safida 2019-yilning 2-mart kuni „Seattle Sounders“ futbol klubiga qarshi oʻyinida debyut qilgan[7]. 2019-yil 6-iyul kuni „Houston Dynamo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Cincinnati“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[8]. 2019-yilgi mavsum oxirida Ulloaning „Cincinnati“ futbol klubi bilan shartnomasi tugagan[9][10].

2019-yil 11-noyabr kuni „Cincinnati“ futbol klubi Víctor Ulloani „Inter Miami“ futbol klubiga 50 000 dollar evaziga sotgan[11]. 2020-yil 1-martda u „Inter Miami“ futbol klubi tarkibida „Los Angeles“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[12]. 2021-yilgi mavsum oxirida „Inter Miami“ futbol klubi Ulloa bilan shartnomani uzaytirmagan[13]. Ammo, 2021-yil 12-dekabrda „Inter Miami“ futbol klubi futbolchi bilan 2023-yilgi mavsum oxirigacha yangi ikki yillik shartnoma imzolashga qaror qilgan[14][15].

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Kubok Xalqaro turnir Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
FC Dallas 2011 1 0 1 0
2012 0 0 0 0
2013 0 0 0 0
2014 28 0 4 0 3 0 35 0
2015 33 2 2 0 4 0 39 2
2016 32 2 5 1 3 0 1 0 41 3
2017 23 0 3 0 26 0
2018 27 1 2 0 2 0 31 1
Jami 144 5 16 1 5 0 8 0 173 6
FC Cincinnati 2019 26 1 2 0 28 1
Inter Miami 2020 23 0 1 0 24 0
2021 21 0 21 0
2022 19 0 2 0 21 0
Jami 63 0 2 0 0 0 1 0 66 0
Umumiy faoliyatida 233 6 20 1 5 0 9 0 267 7

Manbalar tahrir

  1. „Víctor Ulloa“. Inter Miami CF. 2022-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  2. „FCD signs three Development Academy players to MLS contracts“ (en). FC Dallas (2010-yil 30-iyul). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-dekabr.
  3. „Сан-Хосе Эртквейкс VS. Даллас 4:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 23-oktyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  4. „Даллаский клуб воспитателей. Почему академия Техаса лучшая в MLS“. eurosport.ru (2015-yil 20-aprel). 2015-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  5. „Спортинг Канзас-Сити VS. Даллас 3:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 19-sentyabr). 2015-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-noyabr.
  6. Tom Bogert. „FC Cincinnati acquire midfielder Victor Ulloa from FC Dallas“ (en). MLSsoccer.com (2018-yil 12-dekabr). 2020-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-dekabr.
  7. „Season Opener Ends In 4-1 Loss“ (en). FC Cincinnati (2019-yil 3-mart). 2019-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-yanvar.
  8. „FCC tally three goals to defeat Houston“ (en). FC Cincinnati (2019-yil 6-iyul). 2019-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-yanvar.
  9. „Club announces roster decisions for 2020 season“ (en). FC Cincinnati (2019-yil 9-oktyabr). 2019-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-yanvar.
  10. Tom Bogert. „FC Cincinnati announce roster decisions: Ulloa and Lamah out, Hagglund in“ (en). MLSsoccer.com (2019-yil 9-oktyabr). 2019-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-yanvar.
  11. „Inter Miami add Victor Ulloa to growing roster from FC Cincinnati“ (en). MLSsoccer.com (2019-yil 11-noyabr). 2019-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-yanvar.
  12. Michael Franca. „MATCH RECAP: Inter Miami CF Makes Historic MLS Debut, Loses 1-0 to Los Angeles FC“ (en). Inter Miami CF (2020-yil 1-mart). 2021-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
  13. „Inter Miami CF Announces 2021 Roster Decisions“ (en). Inter Miami CF (2021-yil 15-noyabr). 2021-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
  14. „Inter Miami CF Re-Signs Victor Ulloa“ (en). Inter Miami CF (2021-yil 12-dekabr). 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
  15. Dylan Butler. „Inter Miami CF re-sign midfielder Victor Ulloa through 2023 season“ (en). MLSsoccer.com (2021-yil 12-dekabr). 2021-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.