VOLF (Wolff) Kaspar Fridrix (1734. 18. 1, Berlin — 1794. 22.2, Peterburg) — nemis biologi. Oʻsimliklar vegetativ organlarining metamorfozi toʻgʻrisidagi taʼlimotning yuzaga kelishida katta hissa qoʻshgan. Epigenez nazariyasining asoschisi. Preformizmta qarshi chiqqanligi uchun Germaniyadan ketishga majbur boʻlgan. V. Peterburg FA aʼzosi (1767 y.dan) 1767 y.dan umrining oxirigacha Rossiyada ishlagan. V. birinchi boʻlib embrion varaqlari toʻgʻrisidagi hozirgi zamon taʼlimotiga asos solgan. Uning ilmiy ishlari embriologiya fanining rivojlanishi uchun zamin boʻlgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil