Vadim Nikolayevich Udilov (1924–2001) – Sovet razvedka xizmati arbobi va yozuvchi, davlat xavfsizligi general-mayori. SSSR DXQ ikkinchi Bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, „Vzrivniki“ maxsus operatsiyasi boshligʻi (1977).

Vadim Udilov
Tavalludi 25-noyabr 1924-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Vafoti 3-iyul 2001-yil
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Xizmatdagi yillari 19411985

Biografiyasi

tahrir

Vadim Nikolayevich 1924-yil 25-noyabrda Toshkent shahrida OGPU xodimi oilasida tavallud topgan. Otasi 1930-yilda bosmachilar tomonidan oʻldirilgan.

Ulugʻ Vatan urushi boshlanganidan soʻng, 1941-yildan boshlab, Qizil armiya safida xizmat qilgan[1]. Nikolayevich 3-tank bataloni tarkibida urush qatnashchisi, 1-Boltiq frontining 79-tank brigadasi tank komandiri va tank vzvod komandiri boʻlib xizmat qilgan[2][3]. 1944-yil 25-avgust va 24-noyabrda Qizil Yulduz va Qizil Bayroq ordenlari bilan taqdirlangan[4].

Udilov 1946-yilda Oʻzbekiston SSR Davlat xavfsizlik vazirligining tashqi kuzatuv xizmati operativ xodimi boʻlgan. Keyinchalik Birinchi (Amerika) bosh boshqarma va SSSR DXQ Ikkinchi Bosh boshqarmasida (aksil-razvedka) xizmat qilgan. U 60-yillarning oʻrtalarida AQShning Moskvadagi elchixonasi binosiga yashirincha kirish boʻyicha maxsus operatsiyada qatnashgan. 1962-yildan 1964-yilgacha Bolgariya Xalq Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi DXQ vakolatxonasining kontrrazvedka masalalari boʻyicha katta maslahatchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan[5] .

Vadim Nikolayevich 1977-yilda Moskvadagi bir qator teraktlar („Vzrivniki“ operatsiyasi) boʻyicha tezkor qidiruv guruhiga rahbarlik qilgan. 1977-yildan 1980-yilgacha SSSR DXQ Ikkinchi Bosh boshqarmasining tahliliy boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlib[6], keyinchalik shu boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan[7].

Vadim 2001-yil 3-iyulda Moskvada vafot etgan.

Mukofotlari

tahrir

Vadim Udilov 1944-yilda Qizil Bayroq ordeni[4], 1-darajali Vatan urushi ordeni, 1944-yilda Qizil yulduz ordeni va 1945-yilda „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „Удилов, Вадим Николаевич: наградной лист“. Подвиг народа. 2010-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
  2. Энциклопедия секретных служб России. М.: АСТ, Астрель, Транзиткнига, 2004 — 740-bet. ISBN 5-17018975-3. 
  3. „Удилов, Вадим Николаевич“. «Веткон». 2020-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
  4. 4,0 4,1 „Удилов, Вадим Николаевич“. Подвиг народа. 2010-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
  5. „Аппарат Старшего советника КГБ при МВД НРБ — Представительство КГБ в НРБ“. История отечественных спецслужб и правоохранительных органов. 2014-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
  6. „Управление «А»“. История отечественных спецслужб и правоохранительных органов. 2020-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
  7. „2-е Главное управление“. История отечественных спецслужб и правоохранительных органов. 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.