Vadoz suvlari (lot. vadosus — sayoz) — Yer poʻstining yuqori qismidagi gʻovak, yoriq va boʻshliqlarida joylash-gan yer osti suvlari. Atmosfera suvlarining shimilib yigʻilishidan hosil boʻladi. Baʼzan aeratsiya zonasidagi yer osti suvlarini ham V. s. deb ataydilar. Q. x. da ayniqsa quruq iklimli rayonlarda V. s. dan sugʻorishda foydalaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil