Vafo (taxallusi; asl ismi Habib Axmad) (1900.13.7-1936.21.7) - hind yozuvchisi. Zamonaviy hind adabiyoti asoschilaridan. Urdu tilida ijod qilgan. V. isyonkor ruxdagi dastlabki sheʼr va qoʻshiqlarida ingliz mustamlakachilarini fosh etgani uchun taʼqib qilingach, Afgʻonistonga ketgan (1921). "Kishandagi Hindiston" (1929), "Boy berilgan ish tashlash" (1930), "Sayoq qoʻshiqchi" (1932), "Girni Kamgar" (1931), "Yulduzlar" (1935) asarlarida milliy ozodlik harakati aks ettirilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil