Vagon parki
Vagon parki - 1) biror temir yoʻl boʻlinmasi (st-ya, temir yoʻl boʻlimi va b.) ning barcha temir yoʻl tarmogʻidagi vagonlar soni. Vazifasiga koʻra, yoʻlovchilar va yuk tashiydigan V. p. ga boʻlinadi; texnik koʻrsatkichlari boʻyicha vagon turiga (berk vagon, yarim vagon, platforma), vagon oʻqlariga, oʻlchamlariga, yuk koʻtaruvchanligi va b.ga koʻra tasniflanadi. Muayyan temir yoʻl hisobidagi barcha vagonlarni oʻz ichiga oluvchi inventar va temir yoʻl izlarida qatnab turgan haqiqiy vagonlardan (qayerning hisobida boʻlishidan qatʼi nazar) iborat mavjud (real) V. p. boʻladi. Bulardan tashqari zaxiradagi V. p. ham koʻzda tutiladi; 2) vagonlar saqlanadigan, joriy taʼmirlanadigan, boʻyaladigan, yuviladigan binolar, maydonlar, ustaxonalar majmui (vagonlarningmukammal, yaʼni kapital taʼmirlanishi maxsus vagon taʼmirlash zavodlari— depolarda amalga oshiriladi).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |