Vahob Rahmonov — (1940, Tojikiston) adabiyotshunos, Filologiya fanlari nomzodi (1968), dotsent.

Vahob Rahmonov

Vahob Rahmonov 2024-yilda
Tavalludi 1940-yil 12-aprel
Tojikiston SSR, Xoʻjand tumani, Yova qishlogʻi
Sohasi adabiyotshunos
Mukofotlari Xalqaro bobur mukofoti

Vahob Rahmonov 1940-yil 12-aprelda Tojikistonning Xoʻjand tumani Yova qishlogʻida tugʻilgan. Xoʻjand Pedagogika instituti (hozirgi Xoʻjand davlat universiteti)ni tugatgan (1963).

Faoliyati

tahrir

Xoʻjand pedagogika institutida oʻqituvchi (1963—1976), Samarqand davlat universiteti aspiranti (1965—1968), Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1977—1986) va Guliston davlat universiteti dotsenti (1986—2004).

Asarlari

tahrir

Uning „Sheʼr sanʼatlari“ (1972, 2001), „Oʻzbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lugʻat“ (1983), „Badiiy sanʼat jozibasi“ (hammuallif, 2005) kabi asarlari chop etilgan.

Mukofotlari

tahrir

Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori (2008)[1].

Manbalar

tahrir
  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 288-bet.