Najmiddin Vahobov (1940.10.9, Urgut tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1997). Samarqand pedagogika institutining ped. va boshlangʻich taʼlim fakultetini tugatgan (1979). Mehnat faoliyatini 1963 y. Urgut tumanidagi 55-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchiligidan boshlagan. 1976-yildan shu maktabda ilmiy boʻlim mudiri, 1978-yildan direktor. V. maktabning moddiytexnika bazasini mustahkamlash, maktabda oʻquv-tarbiyaviy ishlarni talab darajasiga yetkazish, uslubiy ishlarni takomillashtirish va mustahkam, uzluksiz taʼlimni rivojlantirishda yuqori natijalarga erishdi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil