Vaja Pshavela (taxallusi; asl ismi Luka Pavlovich Razikashvili) [1861. 14 (26). 7, Chargali qishlogʻi — 1915.27.6 (10.7), Tbilisi] — gruzin yozuvchisi. Ijodi 80-yillarning oʻrtalaridan boshlangan. "Aluda Ketelauri" (1888). "Mehmon va mezbon" (1893), "Baxtrioni" (1892), "Ilonxoʻr" (1901) dostonlarida zamonasining umuminsoniy ahamiyatga molik falsafiy va axloqiy muammolari oʻz ifodasini topgan. Vaja Pshavela 40 ga yaqin doston, 400 ga yaqin sheʼr, bir necha pesa, hikoyalar, etnografik, ilmiy va publitsistik maqolalar yozgan.

Vaja Pshavela

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil