Vakuum moyi - xona temperaturasida bugʻining bosimi past boʻladigan suyuqlik; tabiiy va sintetik suyukliklarni vakuumda distillab olinadigan vakuum materiallari jumlasiga kiradi. Asosan bugʻ-moy nasoslarida ish suyuqligi sifatida, mexanik nasoslarda zichlovchi suyuqlik sifatida, vakuum qurilmalarning ishqalanuvchi qismlarida moylovchi material sifatida, shuningdek suyuqlikli vakuummetrlarni toʻldirishda ishlatiladi. Vakuum texnikasida mineral va kremniy organik V. m. keng qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil