Vakuumda qoliplash
Vakuumda qoliplash - plastmassa listlaridan 10 kPa vakuumda buyumlar qoliplab olish usuli. Bunda qalinligi 2 mm gacha boʻlgan termoplast polimerlar asosidagi materiallar qolipga mahkamlanib, yumshaguncha qizdiriladi, soʻngra list material bilan qolip sirti orasidagi boʻshliqda vakuum hosil qilib qoliplanadi. Ancha chuqur tortiladigan buyumlar pozitiv usulda (bunda material pu-anson-qolipning qabariq sirtida qoliplanadi), sayoz tortiladigan buyumlar negativ usulda (bunda material, matritsa-qolipning chuqurchasiga tortilib qoliplanadi) amalga oshi-riladi. V. q. samolyot kabinalari, sovitkich detallari, turli idishlar va b. tayyorlashda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |