Vakuumda quyish
Vakuumda quyish - rangli metallar qotishmasi, asosan, nikel, titan va b.ning olovbardosh qotishmalaridan 40—0,3 Pa vakuumda quymalar olish. Bunday usulda olingan quymalarning zichligi va sifati yuqori boʻladi. V.q. bilan shakldor quymalar olishning turli usullari qoʻllanadi. Erigan metall ustida joylashgan metallni qolipga vakuumda soʻrish va uni atmosfera yoki yuqori bosim ostida kristallash, metallostatik bosimdan foydalanib vakuumda soʻrish (bunda qolip erigan metall ostida joylashadi), markazdan qochma vakuumda quyish shular jumlasidandir. V.q. Vakuumda eritish bilan bir-ga olib boriladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |