Berestov Valentin Dimitrovich (1928-yil 1-aprel, Kaluga guberniyasi, Rossiya imperiyasi – 1998-yil 15-aprel, Moskva, Rossiya) – sovet yozuvchisi va tarjimoni, shoir. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[1].

Valentin Berestov
Tavalludi 1928-yil 1-aprel
Kaluga guberniyasi, Rossiya imperiyasi
Vafoti

1998-yil 15-aprel
Moskva,

Rossiya
Fuqaroligi sovet
Kasbi tarjimon, yozuvchi, shoir
Faoliyat yillari 1946—1998
Mukofotlari N.K.Krupskaya nomidagi RSFSR Davlat mukofoti

Hayoti

tahrir

1928-yil 1-aprelda Kaluga guberniyasida (hozirgi Kaluga viloyati) tugʻilgan.

1942-yilda Ulug Vatan urushi payti yillarida Berestovlar oilasi Toshkentga evakuatsiya qilingan. U yerda N. Ya. Mandelshtam orqali A. A. Axmatova bilan uchrashish baxtiga muyassar boʻlgan. Keyin yillarda Valentin Berestov taqdirida katta rol oʻynagan K. I. Chukovskiy bilan ham uchrashgan[2].

1944-yilda Valentin Berestov Anna Axmatovaning tavsiyanomasi bilan Moskvaga kelgan va Moskva viloyatidagi iqtidorli bolalar maktab-internatida oʻqigan. Keyin Moskva davlat universitetining tarix fakultetini va Etnografiya instituti aspiranturasini tamomlab SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan.

U oʻzining birinchi asarlarini 1946-yilda Smena jurnalida nashr etgan. 1947-yilda, hali talabalik paytida, Berestov birinchi marta arxeologik qazishmalarda qatnashish uchun Novogorod va Xorazmga uyushtirilgan ekspeditsiaylarga borgan[3].

Xotini – Tatyana Aleksandrova (1929—1983), yozuvchi, rassom, domovyonke Kuze ertagi muallifi.

U 70 yoshga toʻlganidan ikki hafta oʻtib, 1998-yil 15-aprelda Moskvada vafot etgan. U Xovanskoye qabristoniga dafn etilgan[4].

Birinchi sheʼriy toʻplam Otplitiye va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun Pro mashinu birinchi bolalar kitobi 1957-yilda nashr etilgan.

Kitoblari

tahrir

Otplitiye sheʼrlar toʻplami – „Sovetskiy pisatel“, 1957.

Dikiy golub sheʼrlar toʻplami – „Sovetskiy pisatel“, 1962.

Mech v zolotix nojnax nasriy asari – „Molodaya gvardiya“, 1964.

Semeynaya fotografiya sheʼrlar toʻplami – „Sovetskiy pisatel“, 1973.

Tri dorogi sheʼrlar toʻplami – „Sovetskiy pisatel“, 2015.

Bolalar uchun

tahrir

Shkolnaya lirika sheʼrlar toʻplami – „Detskaya literatura“, 1981.

Stixi o detstve i yunosti sheʼrlar toʻplami – Sovetskaya Rossiya, 1981.

Shkolnaya lirika sheʼrlar toʻplami – Detskaya literatura, 1981.

Ulibka sheʼrlar va ertaklar toʻplami – Detskaya literatura, 1986.

Opredeleniye schastya sheʼrlar kitobi – „Sovremennik“, 1987.

Javoronok sheʼrlar va ertaklar toʻplami – Detskaya literatura, 1988.

Po dorojke v perviy klass sheʼrlar toʻplami – Malysh, 1990.

Perviy listopad sheʼrlar toʻplami – Detskaya literatura, 1990[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Valentin Berestov // Catalogo Vegetti della letteratura fantastica (итал.)“.
  2. Postanovlenie gubernatora Kalujskoy oblasti ot 24 iyulya 2000 goda № 393 „Ob uchrejdenii oblastnoy literaturnoy premii imeni V. D. Berestova“
  3. „Берестов, Валентин Дмитриевич“.
  4. „Мемориальную доску поэту и писателю Валентину Берестову открыли в Калуге“.
  5. Aleksandr Aleksandrovich Ivanov. Plodi vdoxnoveniya. – M.: Sovetskiy pisatel, 1983. – 224 s.