Valentino (modalar uyi)
"Valentino Sp. A." — 1960-yilda Italiyada dizayner Valentino Garavani tomonidan tashkil etilgan va Valentino Fashion Group tarkibiga kiruvchi modalar uyi. 2008-yilning oktabr oyidan buyon Pier Paolo Pichioli modalar uyining kreativ direktori hisoblanadi. Valentino modalar uyi shtab-kvartirasi Milanda joylashgan. Kompaniya, shuningdek, Balenciaga, Chanel, Cerruti va boshqa brendlarni oʻz ichiga olgan Parijdagi baland obroʻga ega Sindikat modalar uyi tarkibiga ham kiradi[1].
Turi | S.p.A |
---|---|
Egasi | Mayhoola for Investments |
Qachon asos solingan | 1960 |
Joylashuvi | Milan, Italiya |
Asoschi(lari) | Valentino Garavani |
Rahbariyat | Stefano Sassi |
Mahsulot(lar)i | kiyim-kechak, poyabzal, parfyumeriya, ko'zoynak, aksessuarlar |
Vebsayti | https://www.valentino.com/countries/index |
Tarixi
tahrirValentino modalar uyi 1960-yilda Italiyaning Rim shahrida Valentino Garavani tomonidan otasi va uning sherigi Jankarlo Giammetti[2] koʻmagida tashkil etilgan.
Xalqaro miqyosda Valentinoning debyut namoyishi 1962-yilda oʻsha davrda moda poytaxti hisoblanuvchi Florensiyada boʻlib oʻtadi. Valentino Elizabeth Taylor, Anne Hathaway, Jennifer Lopez, Sophie Hunter va Shvetsiya malikasi Madeleine[3],[4] kabi dunyoga mashhur ayollar toʻy liboslarini yaratgan.
1998-yilda Garavani va Giammetti kompaniyani taxminan 300 million dollarga Fiat rahbari marhum Gianni Agnelli tomonidan qisman nazorat qilinadigan italyan konglomeratiga sotishadi. 2002-yilda Valentino S.p. A. modalar uyi Milanning 180 million dollardan ortiq daromadga ega toʻqimachilik giganti hisoblanuvchi Marzotto Apparelga 210 million dollarga sotilgan[5].
2012-yilda Qatar Valentinoni Mayhoola for Investments S. P.C[6] investitsiya vositasi orqali 700 million yevroga sotib oladi.
2020-yilda modalar uyi oʻz mahsulotlarini ishlab chiqarishda alpaka junidan foydalanmasligini eʼlon qiladi va Perudagi dunyoning eng yirik xususiy alpaka fermasi Mallkini bilan barcha aloqalarini uzadi. Kompaniya tomonidan ushbu harakat ishlab chiqarish sanoatida hayvonlarga shafqatsizlarcha munosabatda boʻlish ishlari fosh qilinganidan keyin amalga oshirildi[7].
Parfyumeriya
tahrir2010-yildan buyon Valentino parfyumlari Puig kompaniyasiga tegishli hisoblanadi[8].
Valentino xushboʻy iforlari
tahrir- Valentino Classique for women (1978) — ayollar uchun;
- Vendetta By Valentino for women (1991) — ayollar uchun;
- Very Valentino for women (1998) — ayollar uchun;
- Very Valentino for Men for men (1999) — erkaklar uchun;
- Valentino Gold for women (2002) — ayollar uchun;
- V for women (2005) — ayollar uchun;
- Valentino V Absolu for women (2006) — ayollar uchun;
- Valentino V Ete By Valentino for women (2006) — ayollar uchun;
- Rock’nʼ Rose for women (2006) — ayollar uchun[9];
- V pour Homme for men (2006) — erkaklar uchun[10];
- Rock n ' Rose Couture for women (2006) — ayollar uchun;
- Valentina For Women (2011) — ayollar uchun [11].
2020-yilda Valentino Beauty yangi Viva Voce atiri ishlab chiqarilishini eʼlon qiladi va uning yuzi sifatida Ledi Gagani eʼlon qiladi[12].
Manbalar
tahrir- ↑ Редакция. „Дома высокой моды - полный список“ (ru-RU). Журнал DRESS (2021-yil 28-iyun). 2021-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
- ↑ „So Very Valentino | Vanity Fair“. 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Sophie Hunter Valentino Couture Wedding Dress“. Sophie Hunter Central. 2015-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Celebrity Brides Who Wore Valentino on their Big Day“. Hello Magazine. 2019-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Как Валентино Гаравани «вышивал» успех своего модного дома“ (ru). Деловой портал Капитал.кз. 2021-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
- ↑ Jucca, Lisa; Meads, Simon; Dinesh, Nair; Ciancio, Antonella; Sovich, Nina. „Qatari royals buy Italian fashion icon Valentino“. Reuters (2012-yil 12-iyul). 2019-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-iyul.
- ↑ Sarah Maisey, "Valentino and Prada to halt use of alpaca wool and kangaroo leather, " The National 17 August 2020.
- ↑ „Puig talks with Permira to buy Valentino“. La Vanguardia. 2013-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-aprel.
- ↑ „Perfume Intelligence — The Encyclopaedia of Perfume“. 2020-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Архивированная копия“. 2017-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Valentino Valentina“. fragrantica.com.
- ↑ Yaptangco, Ariana „Lady Gaga Is the Face of Valentino Beauty's New Perfume“ (en). ELLE (2020-yil 10-iyul). 2020-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.