Valeriy Genrixovich Votrin (niderlandcha: Valéry Votrin, 1974-yil 2-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – asli rus boʻlgan belgiyalik yozuvchi.

Valeriy Votrin
Tavalludi 2-mart 1974-yil
Ijod qilgan tillari Rus tili va Ingliz tili
Fuqaroligi Belgiya bayrogʻi Belgiya
Faoliyat yillari 1995-yil
Janr nosir, tarjimon

Biografiyasi

tahrir

Valeriy 1924-yil 2-mart kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Votrin Toshkent universiteti roman-german fakultetini tamomlagan. Tarjimon va atrof-muhit dasturlari koordinatori sifatida ishlagan. 2000-yilda Belgiyaga koʻchib oʻtgan va Brussel universitetida ekologiya boʻyicha magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. U 2007–2014-yillarda Moskvada istiqomat qilgan. Valeriy 2014-yilda Yevropaga qaytdi: Batda (Buyuk Britaniya) yashagan, 2021-yildan esa Niderlandiyada[1] yashab kelmoqda. Ekologik konsalting kompaniyasida maslahatchi sifatida ishlaydi.

Votrinning qisqa hikoyalarining birinchi nashri 1995-yilda „Sharq yulduzi“ jurnalida chop etilgan. Romanlari, qissalari, hikoyalari, „Poberejye“, „Dialog“ toʻplamlari „Sharq yulduzi“, „Novaya yunost“, „Noviy jurnal“, „Kreshatik“, „Russkaya proza“ va boshqalarda jurnallarda nashr etilgan. Valeriy „Jalitvoslov“ (2007), „Posledniy magog“ (2009), „Logoped“ (2012) nasriy kitoblar muallifi. Andrey Beliy (2009), Rossiya (2009), „Bolshaya kniga“ (2010, 2013), „Russkiy Buker“ (2013), Aleksandr Pyatigorskiy mukofotlari (2013) sovrindori.

Valeriy Flann OʻBrayen, Rassel Xoban, Teodor Frensis Pouis, Erik Stenbok, Uilyam Gerhardi roman va hikoyalarini hamda XVII–XX asrlardagi ingliz va shotland sheʼriyatini tarjima qilingan. Mishel de Gelderodning ikki jildlik drama va nasriy toʻplam tuzuvchisi (2004). Votrinning asosiy tarjima asari shotland shoiri Jeyms Tomsonning „Gorod strashnoy nochi“ sheʼri hisoblanadi[2].

Bibliografyasi

tahrir

Votrin „Germes“ (1996), „Poslednaya chasha gneva“ (1996), „Slomannaya komadiya“ (2007), „Posledniy Magog“ (2009), „Logoped“ (2012) nomli romanlar va „Jalitvoslov“ (2007) toʻplami muallifi[3].

Manbalar

tahrir
  1. „«Независимая газета»“. 2021-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
  2. „«Век перевода»“. 2006-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 24-mart.
  3. [https://www.livelib.ru/author/190259-valerij-votrin „Валерий Вотрин — о писателе Подробнее на livelib.ru: https://www.livelib.ru/author/190259-valerij-votrin“]. Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.