Valeriy Fedorovich Zalujniy (Залужний Валерій Федорович; 1973-yil 8-iyul Novohrad-Volinskiy, Jitomir viloyati, Ukraina SSR, SSSR) - Ukraina harbiy xizmatchisi, general (2022-yil 4-mart). Ukraina Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni (2021-yil 27-iyuldan), Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi aʼzosi (2021-yil 28-iyuldan).

Valeriy Zalujniy
Asl ismi Залужний Валерій Федорович
Taxallus(lar)i Temir general
Tavalludi 1973-yil 8-iyul
Novohrad-Volinskiy, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Ukraina
Xizmatdagi yillari 1993-yildan - hozirgacha
Unvoni General
Qoʻmondonlik qilgan Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo'mondoni
Shimoliy operativ qo'mondoni
Ukraina Qurolli Kuchlarining qo'shma tezkor shtab-kvartirasi
G'arbiy operatsion qo'mondonlik
51-gvardiya mexanizatsiyalashgan brigadasi
24-gvardiya mexanizatsiyalashgan brigadasi
Lavozimi Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo'mondoni
Jang/urush Donbas urushi (2014—2022)
Rossiyaning Ukrainaga bosqini (2022)
Mukofotlari

Bilimi Ivan Chernyaxovskiy nomidagi Ukraina milliy mudofaa universiteti
Odessa harbiy akademiyasi

„Shimol“ operativ qoʻmondonligi qoʻmondoni (2019—2021), Ukraina Qurolli kuchlari Birlashgan tezkor shtabi boshligʻi — Birlashgan kuchlar qoʻmondoni birinchi oʻrinbosari (2018), Bosh shtab boshligʻi - „Gʻarbiy“ operativ qoʻmondonligi qoʻshinlari qoʻmondoni birinchi oʻrinbosari (2017). 51-alohida mexanizatsiyalashgan brigada komandiri (2009—2012).

2022-yil 23-mayda Time jurnali[1][2] tomonidan 2022-yilning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilgan.

Hayoti tahrir

1989-yilda shahardagi 1-sonli maktabni tamomlagan. 9-sonli Novograd-Volin mashinasozlik kollejiga oʻqishga kirgan va uni 1993-yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan.

Keyinchalik u Odessa harbiy akademiyasining quruqlikdagi kuchlar fakultetiga oʻqishga kirgan. 1997-yilda institutni imtiyozli diplom bilan tugatib, harbiy xizmatning barcha darajalarini egallagan: vzvod komandiri, oʻquv vzvod komandiri, jangovar vzvod komandiri, oʻquv rotasi komandiri, kursant rotasi komandiri, batalyon komandiri.

2005-yilda Ukraina Milliy Mudofaa Akademiyasiga oʻqishga kirgan. 2007-yilda maktabni oltin medal bilan tugatdi va Lvov viloyati Yavorov shahridagi 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigada shtab boshligʻi — komandirning birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bu lavozimda ikki yarim yil muvaffaqiyatli xizmat qilgan[3].

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻining qarori bilan 2009-yil 13-oktyabrda Zalujniy 51-alohida mexanizatsiyalashgan brigada qoʻmondoni etib tayinlangan. Zalujniy 2012-yilgacha[4] bu lavozimda qolgan.

2014-yilda Ivan Chernyaxovskiy nomidagi Ukraina Milliy mudofaa universitetini tamomlagan. Operatsion-strategik tayyorgarlik darajasining eng yaxshi bitiruvchisi sifatida u Buyuk Britaniya qirolichasining qilichi bilan taqdirlangan[5].

2014-yil iyul oyi oʻrtalarida u Donetsk viloyatida tuzilayotgan „S“ sektori qoʻmondoni oʻrinbosari etib tayinlandi. Oʻshandan beri Donetskda yaratilgan deyarli barcha guruhlarni boshqargan[6].

2017-yil — „Gʻarbiy“ tezkor qoʻmondonligi qoʻshinlari qoʻmondoni birinchi oʻrinbosari[7].

2017-yil 23-avgustda Valeriy Zalujniy general-mayor unvonini oldi[8].

2018-yildan boshlab ― Ukraina Qurolli Kuchlari Birlashgan Operativ shtab boshligʻi — Birlashgan kuchlar qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari[9].

2019-yil 9-dekabrda u „Shimol“ operativ qoʻmondonligining qoʻmondoni etib tayinlangan[10].

2020-yil dekabr oyida — Ostroh akademiyasining magistratura bosqichini „Xalqaro munosabatlar“ yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan[11].

2021-yil 27-iyulda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Valeriy Zalujniyni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni etib tayinladi[12][13][14]. Zalujniygacha bu lavozimda Ruslan Xomchak[15][16] faoliyat yuritgan. Ertasi kuni u Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashiga tanishtirildi[17].

2022-yilning 5-martida, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida, general-leytenant Zalujniy prezident Zelenskiy tomonidan Ukraina Qurolli Kuchlarida mumkin boʻlgan eng yuqori daraja — general[18] unvoniga koʻtarildi.

2022-yil 23-mayda Time jurnali[19][20] tomonidan 2022-yilning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilgan.

Harbiy unvonlar tahrir

Hisob-kitoblar va iqtiboslar tahrir

Zalujniy askarlar va kichik ofitserlarning muammolarini tushunadigan eng ochiq generallardan biri hisoblanadi[23].

Valeriy Zalujniy — Sovet armiyasida hech qachon xizmat qilmagan va uning taʼlim muassasalarida oʻqimagan Ukraina katta ofitserlarining vakili[24][25], shuning uchun „sovet“ harbiy modeli Zalujniy uchun mutlaqo begona[26]. Ukraina sharqidagi jangovar harakatlar ishtirokchisi sifatida u kadrlarning yoshlar tomonidan yangilanishi va sovet amaliyotidan voz kechishiga ijobiy munosabatda[24]. Generalning lavozimdagi ilk qadamlaridan biri, frontdagi harbiylarga oliy rahbariyatning roziligisiz bosqinchilarga javoban oʻt ochishga ruxsat berish va harbiylarning keraksiz hujjatlarni toʻldirish zaruratini bartaraf etish boʻlgan[27].

Bosh qoʻmondon sifatidagi ustuvorliklari haqida Zalujniy shunday deydi: „Ukraina Qurolli Kuchlarini NATO tamoyillari va standartlariga muvofiq isloh qilishning umumiy yoʻnalishi qaytarilmas boʻlib qolmoqda. Bu yerda asosiy narsa prinsiplardir. Oʻzgarishlar birinchi navbatda dunyoqarash va odamlarga boʻlgan munosabatda boʻlishi kerak. Xalqqa, qoʻl ostidagilaringizga nazar solishingizni istardim. Xizmatim davomida odamlarga munosabatim oʻzgarmadi“[28].


2021-yil 2-noyabrda Zalujniy „Oʻng sektor“ning sobiq rahbari Dmitriy Yaroshni oʻzining maslahatchisi etib tayinlaydi. Ammo, „Ukrayinska pravda“ning yozishicha, Yarosh bu lavozimdan 2021-yil dekabrida, davlat maslahatchilari lavozimi tugatilgandan soʻng boʻshatilgan[29].

Mukofot va unvonlar tahrir

  • Harbiy xizmatlari uchun xoch (2022-yil 6-may) — Ukrainaning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishdagi ulkan shaxsiy xizmatlari, Ukraina xalqiga fidokorona xizmati va harbiy qasamyodga sodiqligi uchun;
  • III darajali Bogdan Xmelnitskiy ordeni (2016-yil 12-dekabr) — Ukrainaning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishda koʻrsatilgan shaxsiy jasorati, fidoyiligi va yuqori professionalligi, harbiy qasamyodga sodiqligi uchun.

Qiziqarli faktlar tahrir

2022-yil 28-mayda Dnepropetrovsk viloyati Pokrov shahrida Gorkiy koʻchasi Valeriy Zalujniy koʻchasi deb oʻzgartirildi[30].

2022-yil 9-iyunda Stara Sinyavadagi Georgiy Jukov koʻchasi General Zalujniy koʻchasi deb oʻzgartirildi.

2022-yil may oyida musiqachi Oisho BTZ (Oles Mykhailovych) Valeriy Zalujniyga bagʻishlangan „Zalujniy mutyt dvij“ qoʻshigʻini chiqardi[31][32].

Manbalar tahrir

  1. „Time назвав сотню найвпливовіших людей 2022 року, серед них - Зеленський та Залужний“ (ukraincha). 29 травня 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2022-yil.
  2. „The 100 Most Influential People of 2022“ (inglizcha). 29 травня 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2022-yil.
  3. „Валерій Залужний: «Новоград-Волинський був колискою мрій і прагнень, Володимир-Волинський дав можливість втілити їх у життя…»“. Звягель (5 листопада 2010). 1 березня 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 березня 2018.
  4. „У найбільшої військової частини у Волинській області новий командир!“ (ruscha). 23 січня 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2021-yil.
  5. „генерал-майор ЗАЛУЖНИЙ Валерій Федорович“. 25 серпня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2021-yil.
  6. „«Хочемо відійти від написання бойових наказів зразка 1943 року. Від цих безглуздих доповідей біля карт» — командувач військ ОК «Північ» генерал-майор Валерій Залужний“. 11 квітня 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13 квітня 2022.
  7. 7,0 7,1 „Президент України підписав Указ «Про присвоєння військових звань»“ (24 серпня 2017). 28 липня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 липня 2021.
  8. „Генерал Валерій Залужний. Що відомо про нового головнокомандувача ЗСУ“. 26 січня 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26 січня 2022.
  9. „Брифінг начальника штабу — першого заступника Командувача об'єднаних сил генерал-майора Валерія Залужного“. Офіційний вебсайт Міністерства оборони України. 2 травня 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-may 2018-yil.
  10. „В ОК «Північ» новий командувач — генерал-майор Валерій Залужний“. АрміяInform. 11 грудня 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 грудня 2019.
  11. „Випускник Острозької академії Валерій Залужний став Головнокомандувачем ЗСУ“. 26 лютого 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 березня 2022.
  12. „Сфера оборони має функціонувати стабільно, скоординовано, з чіткою перспективою та без непорозумінь між керівниками – Глава держави“. 28 липня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-sentabr 2021-yil.
  13. „Президент призначив головнокомандувачем ЗСУ Валерія Залужного“ (ukraincha). 27 липня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-sentabr 2021-yil.
  14. „УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАЇНИ №320/2021“ (ua). 28 липня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.
  15. „Хомчак іде з посади. Призначено нового головнокомандувача – ОП“. 27 липня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 липня 2021.
  16. „Названо наступника Хомчака на посаді головнокомандувача ЗСУ“ (ruscha). 27 липня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2021-yil.
  17. „УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАЇНИ №325/2021“ (ua). 28 липня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.
  18. „УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАЇНИ №108/2022“.
  19. „Time назвав сотню найвпливовіших людей 2022 року, серед них - Зеленський та Залужний“ (2022-yil 29-may). 29-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentabr 2022-yil.
  20. „TIME100: The Most Influential People of 2022 | TIME“ (2022-yil 29-may). 29-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentabr 2022-yil.
  21. „Указ Президента України № 424/2021 «Про присвоєння військового звання»“. 9 березня 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26 серпня 2021.
  22. „Указ Президента України про присвоєння військового звання“ (Українська). 9 березня 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 березня 2022.
  23. „Хто такий новий головнокомандувач ЗСУ Валерій Залужний“ (ua). 27 липня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2021-yil.
  24. 24,0 24,1 „Генерал Валерій Залужний. Що відомо про нового головнокомандувача ЗСУ“ (ua). 26 січня 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2021-yil.
  25. „Генерал Валерій Залужний: Я б проїхався по Красній площі на танку під українським прапором“ (2022-yil 17-avgust). Qaraldi: 17-sentabr 2022-yil.
  26. „Ніколи не думав, що стану генералом — яким був шлях Залужного до головнокомандувача ЗСУ та чому він увійде в історію“ (ukraincha) (2022-yil 27-iyul). 20-sentabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2022-yil.
  27. „Військовим в зоні ООС дозволили відповідати окупантам без узгодження з вищим керівництвом, - головнокомандувач ЗСУ Залужний“ (ukraincha). Еспресо - український погляд на світ!. Qaraldi: 29-sentabr 2021-yil.
  28. „Новий головнокомандувач ЗСУ Залужний назвав свої пріоритети на цій посаді“ (ukraincha). Еспресо - український погляд на світ!. Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  29. „Генштаб не зізнається про роль Яроша. Той проінспектував свою добровольчу армію“ (ukraincha). Ukrayinska Pravda (13-dekabr 2021-yil).
  30. „Вулиці Бориса Джонсона та Бориса Мозолевського: у Покрові затвердили нові назви вулиць та провулків (ОНОВЛЕНО) - "Нове місто + ТВ"“ (ruscha) (2022-yil 28-may). Qaraldi: 31-may 2022-yil.
  31. Замок. „«Залужний мутить двіж» — Високий Замок“ (uk-ua) (2022-yil 3-may). Qaraldi: 24-iyun 2022-yil.
  32. „Франківський музикант Oisho BTZ висміяв недолугих окупантів у новій пісні "Друга армія у світі" | Zaxіdniy Polyus“ (ukraincha) (2022-yil 16-mart). Qaraldi: 24-iyun 2022-yil.

Havolalar tahrir

Intervyular tahrir