Boturxon Valixoʻjayev

(Valixoʻjayev Botirdan yoʻnaltirildi)

Botirxon (Boturxon) Valixoʻjayev (1932-yil 1-aprel, Samarqand – 2005-yil 25-avgust, Samarqand) – adabiyotshunos. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), professor (1971). Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan (1953), shu universitetda oʻqituvchi (1956–63), fakultet dekanining oʻrinbosari (1964–69), dekan (1971–73, 1986–88), tojik tili va adabiyoti kafedrasi (1974–85), oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi (1985 -yildan) mudiri, prorektor (1990 -yildan). Valixoʻjayev ilmiy ishlari adabiyot tarixi, adabiyotshunoslik, adabiy aloqalar, tasavvuf va uning namoyandalari, Samarqand adabiy va ilmiy muhiti tarixi, Ibn Sino, Nizomiy, Jomiy, Navoiy kabi olim va mumtoz shoirlarning ijodiga bagʻishlangan. „Oʻzbekiston adabiy-tanqidiy qarashlari tarixidan“ (1960), „Oʻzbek epik poeziyasi tarixidan“ (1974), „Navoiy ijodi – ilhom manbai“ (1991), „Xoja Ahror Vali“ (1993), „Xoja Ahror tarixi“ (1994) kabi ilmiy asarlar va bir necha oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Valixoʻjaev asarlari Rossiya, Afgʻoniston, Turkiya va Eronda nashr etilgan[1].

Botir Valixoʻjayev
Tavalludi 1-aprel 1932-yil
Vafoti 25-avgust 2005-yil(2005-08-25)
(73 yoshda)
Samarqand
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston fan arbobiMehnat shuhrati ordeni

Manbalar

tahrir
  1. * OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil