Valyuta boyliklari - xalqaro valyuta-moliya muomalasi doirasiga jalb qilinadigan moddiy obʼektlar. Unga chet el valyutasi, chet el valyuta-sidagi toʻlov hujjatlari (veksellar, cheklar, akkreditivlar), jamgarma boy-liklar (aksiya, obligatsiya), tabiiy yoki qayta ishlangan shakldagi qimmatbaho toshlar (olmos, marvarid, yoqut, aleksandrit va b.), shuningdek noyob metallar (oltin, kumush, platina, platina guruhiga kiruvchi metallar — palladiy, iridiy, osmiy, rodiy, ruteniy va b.) kiradi. V. b.ga nisbatan muomalada maxsus cheklov tartiblari joriy qilingan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil