Valyuta opsioni
Valyuta opsioni (lot optio -tanlash, istak) — 1) valyuta lot (sotishga qoʻyilgan miqdor)ini kelishilgan muddat davomida va kelishilgan narxlar boʻyicha sotish yoki sotib olish huquqi uchun tuzilgan shartnoma; 2) shartnomaning mukrbil valyuta shartlarini tanlash huquqi. V.o. shartnomada izohlanadi, tegishli tomonga maʼlum muddat ichida yoki maʼlum holat vujudga kelgan sharoitda boshqa valyutaga oʻtish imkoniyatini beradi. Bu valyuta arbitraji uchun ham imkoniyat yaratadi. Opsion toʻlovning joyi, usuli, shakli bilan bogʻliq boʻlgan valyuta shartlaridan kelib chiqadi. Shartnoma tuzishda V.o. shartlarini aniq ifoda qilish muhim amaliy ahamiyatga ega, yaʼni jiddiy foyda yoki zarar koʻrish bilan bogʻliq. Opsion toʻlovni kelishilgan muddatning istalgan kunida toʻlash yoki toʻlashdan voz kechish imkonini beradi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |