Vaqt normasi — tegishli malakaga ega boʻlgan ishchilar yakka yoki guruh tarkibida muayyan tashkiliy-texnologik sharoitlarda maʼlum hajmdagi ishni bajarish yoki mahsulot birligini tayyorlashi uchun zarur boʻlgan vaqt; kishi-soatlarda hisoblanadi. V. n. injenerlik hisoblari asosida va xronometrajda oʻlchab aniqlanadi. Uning tarkibiga ish vaqtining normalanadigan unsurlari: asosiy, yordamchi, tash-kiliy xizmatlar; texnika xizmati; dam olish va tabiiy ehtiyojlar uchun ketadigan vaqt; texnologik va tashkiliy sabablar bilan bogʻliq tanaffus vaqtlari kiradi. Texnikaviy jihatdan asoslangan V. n.ni ishlab chiqish va uni joriy etish i. ch.ni toʻgʻri tashkil qilishning zaruriy shartidir (qarang Mehnatni normalash).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil