Varaqa
Varaqa — ijtimoiy-siyosiy tashviqot vositalaridan biri. V.lar dastlab qoʻlda yozilgan, keyinchalik bosma usulidan foydalanib tayyorlangan. Ular muayyan bir maqsadni koʻzlab chiqarilgan. Masalan, Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi targʻibotda V. keng qoʻllangan. Keyingi yillarda V.dan saylov oldi tadbirlarida, bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama sifatida foydalaniladi. V.lar odamlar gavjum joylarda — metro va b. shahar transporti bekatlarida, bozorlarda tarqatiladi. Gaz. va jur.lar, radio, televideniye va b. axborot vositalari keng ommalashganligi bois ijtimoiy-siyosiy maqsaddagi V.larga ehtiyoj tobora kamaymokda.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |