Varaqi — xamir, goʻsht va piyozdan tayyorlanadigan taom. Yupqa (1-2 mm) yoyilgan xamir yuzasiga yogʻ surkab, eni 7—8 sm li tasmalar kesiladi. Tasmalardan 3—4 tasi ustma-ust qoʻyilib, eni 7—8 sm qilib kesiladi va 3—4 qavatli jildlar hosil boʻladi. Har bir jild oʻrtasi joʻva bilan nafisroq yoyiladi. Yogʻda qovurib olingan qiyma jildlarni buklab tugiladi va qizarguncha yogʻda qovuriladi. V.ni tandir varaqi somsa turi ham bor. U ham shu tarzda tayyorlanadi, faqat somsa kabi tandirga yopib yoki duxovkada pishiriladi (qarang Somsa).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil