Varaqisimonlik
Varaqisimonlik - togʻ jinslarining parallel yupqa qatlamlar hosil qilib joylashishi. Zarb bilan urganda qatlamlar parallel tekisliklar boʻyicha ajralib ketadi. V. mexanik togʻ jinslari anizotropiyasi boʻlib dinamometamorfizm jarayonida togʻ jinslaridagi plastinkasimon va choʻziq minerallar (slyudalar, rogovaya obmanka, xloritlar)ni qayta kristallanishi va aylanishi natijasida bir xil oriyentirda joylashadi. V. regional (katta maydonlarda) va mahalliy (tektonik yoriqlar boʻylab siljishlar natijasida) boʻladi. V. koʻpincha burmalanish paytida vujudga keladi. Odatda V. burma oʻqdari tekisligiga subparallel yoʻnalgan. Shuningdek, V. klivajla hosil boʻlishi mumkin, bunda siqilish oʻk,iga perpendikulyar boʻlgan tekislikda kristallar yassilanib, jins yassi parallel yoʻnalgan ichki tuzilishga ega boʻladi. Slaneslar uchun harakterli. Baʼzi bir geologlar V.ni klivajning sinonimi deb hisoblaydilar.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |