Varaxsha tabiat yodgorligi — Buxoro viloyatining Jondor tumanida, Jondor shahridan 11 km shimoli-gʻarbda joylashgan[1].

Tashkil etilishi

tahrir

„Varaxsha“ tabiiy yodgorligi Buxoro viloyati hokimligining 1994-yil 21-apreldagi K-83-sonli qarori bilan tashkil etilgan. SSSR davrida u qo‘riqxona maqomiga ega edi.

Tasnifi

tahrir

Varaxsha tabiat yodgorligining umumiy maydoni — 9,0 gektarni tashkil etadi. Varaxsha — qadimiy shahar harobasi hisoblanadi. U Buxorodan 40 km shimoliy-gʻarbda, Dashti Urganji koʻlining qadimiy Rajfandun vohasida joylashgan. Varaxsha maydoni 9 ga va balandligi 10-20 metrli ulkan tepalik shaklida saqlanib qolgan.

Mazkur obyekt Jondor tumani madaniy meroslar roʻyxatida turadi. Obyekt tuman zahira maydonlari hududida joylashgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq madaniy meros sifatida qayta tashkil etilgan[2].

Tabiati

tahrir

Tabiiy yodgorlikning faunasi hozirgi kunda choʻl zonasiga mansub turlardangina tarkib topgan. Hududda yovvoyi oʻsimliklardan daryo terrasa va qayirlarida qamish, ro‘vak, bug‘doyiq, sho‘rajriq, kampirsoch, itgunafsha, yulg‘un, shoʻrxok yerlarida esa pashmakshoʻra, oqsho‘ra, qumli choʻl hududlarida oq saksovul, boyalich, quyonsuyak, selin, astragal va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan qumli choʻl qismlarida sudraluvchilar va kemiruvchilar, qushlaridan esa qirg‘ovul, loyxo‘rak, so‘fito‘rg‘ay, zarg‘aldoq, chumchuq va boshqa turlar uchraydi. Herpetofaunasi esa oʻrganilmagan.

Foydalanish

tahrir

Tabiiy yodgorlik hududidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalaniladi. Bogʻning uchdan bir qismi allaqachon qayta ishlangan (shudgorlangan). Bu hududda chorva mollari ham boqiladi. Hozirgi kunga kelib mazkur maskanga uyushmagan sayyohlar tashrifi yoʻlga qoʻyilgan.

Ahamiyati

tahrir

Madaniy meros obyekti maxsus qoʻriqlash tizimiga oʻtkazilishi bu yerda eko turizmni rivojlarishiga sabab boʻlgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir