Otto Heinrich Warburg
(Varburg Otto Genrixdan yoʻnaltirildi)
Otto Heinrich Warburg (1883.8.10—1970.1.8) — nemis biokimyogari va fiziologi[1]. London qirollik jamiyati aʼzosi. Berlindagi Hujayra fiziologiyasi instituti direktori (1930-yildan). Otto Heinrich Warburgning asosiy ishlari tirik hujayrada sodir boʻladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, fermentlar taʼsirida hujayraning nafas olishini oʻrganishga bagʻishlangan. Bundan tashqari, Warburg Flavin moddasini ham kashf etgan (1932), flavin-adenindinukleotid (FAD, 1938) va nikotinamidadenindinukleotidning (NAD) tuzilishini ham aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1931).[2]
Manbalar
tahrir- ↑ „Otto Heinrich Warburg“. Qaraldi: 6-sentyabr 2024-yil.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |