Varistor
Varistor (ing . vari (able) — oʻzgaruvchan va (resi) stor — qarshilik) — yarimoʻtkazgichli inersiyasiz rezistor. Elektr oʻtkazuvchanligi qoʻyilgan kuchlanishga bogʻliq boʻladi. Kuchlanish koʻpayishi bilan V.ning qarshiligi kamayadi, zanjirdan oʻtayotgan tok oshib boradi. V. kremniy karbid (SiC) kukunidan yasaladi. V.ga kumush (Ag), alyuminiy (A1) va mis (Si) elektrodlar oʻrnatiladi. V.dan elektron-hisoblash mashinalarida, aloqa liniyalarida foydalaniladi. Past voltli V. kuchlanish stabilizatori sxemasida qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |