Varso minorasi
Varso minorasi - Polshaning Varshava shahrida joylashgan osmonoʻpar bino. 2021-yil fevral oyidan beri u Polsha va Yevropa Ittifoqidagi eng baland bino[1].
Varso minorasi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Shahar | Varshava |
Mamlakat | Polsha |
Foydalanilishi | Ofislar |
Qurilishi boshlangan | 2016-yil |
Qurilishi tugagan | 2022-yil |
Egasi | HB Reavis |
Balandligi | |
Antenna / Shpil | 310 m |
Eng yuqori qavati | 236 m |
Texnik holati | |
Qavatlar soni | 53 ta |
Liftlar soni | 2 ta (2 qavatli) |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | Foster + Partners |
Mukofotlar | BREEAM Awards 2019-yil |
Varso minorasi |
Tarixi
tahrirVarso minorasi Foster + Partners loyihalashtirilgan va HB Reavis tomonidan ishlab chiqilgan. Varshava markaziy vokzalining qarshisidagi Xmielna va Ioann Pol II koʻchalari burchagidagi qurilish maydoni 2011-yilda sotib olingan.
2016-yilda qurilish uchun ruxsatnoma olingan.
2017-yil boshida bino qurilishi boshlandi[2].
Dastlab, asosiy bino 2020-yil oʻrtalarida qurib bitkazilishi rejalashtirilgan edi[3]. Ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli ob'ektni tugatish muddati oʻzgardi[4].
2021-yil fevral oyida bino oʻzining loyihadagi balandligiga yetdi. Shunday qilib, u Yevropa Ittifoqidagi eng baland binoga aylandi. Shuningdek, u beshta rus osmonoʻpar binosidan oshib ketgan Yevropada balandlik boʻyicha 6-oʻrinni egallaydi[5]. Qurilishni 2022-yilda yakunlash rejalashtirilgan[1][4].
Tavsifi
tahrirMajmua birinchi qavat darajasida bir-biriga bogʻlangan uchta binodan iborat. Asosiy binoning balandligi 310 m, balandligi 80 metrlik shpil hisobi bilan birga. Bino yer usti qismida 53 qavat va yer ostida 4 qavatdan iborat. Ofis binosiga ikkita ikki qavatli lift[6] xizmat koʻrsatadi.
Varsodagi asosiy hududlarni ofislar egallaydi. Osmonoʻpar binoda ikkita tomosha maydonchasi bilan jihozlangan: biri 205 m balandlikda, ikkinchisi esa 230 m balandlikda. 46-qavatdan 48-qavatgacha restoran ochilishi rejalashtirilgan[1].
Mukofotlar
tahrir2019-yilda Varso minorasi BREEAM mukofotlari tomonidan ekologik toza va energiya samaradorligining yuqori darajasiga erishishga qaratilgan loyiha sifatida tan olingan[7][6].
Havolalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „В Польше сообщили, что строящийся в Варшаве небоскреб стал самым высоким зданием в ЕС“. ТАСС. 2022-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ „Construction begins on Varso Place and Poland's tallest building - PRISM“ (en). Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ „HB Reavis idzie na żywioł“ (pl). pb.pl. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 „Warsaw skyscraper becomes tallest in EU, developer says“. Reuters (2021-yil 23-fevral). 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ „Tallest buildings in Europe“. Emporis. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ 6,0 6,1 Foster + Partners / www.fosterandpartners.com. „Varso Tower | Foster + Partners“ (en). www.fosterandpartners.com. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ „BREEAM Awards 2019“. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.