Vasf
Vasf (arab.— sifatlash, taʼriflash) — lirika janri. V.ga taom turlari, meva xillari, sabzavot, fasllar, koʻpik, suv, yomgʻir, doʻl, oy, muz va b. Ham mavzu qilib olinishi mumkin. Unda inson narsa orqali koʻrsatiladi, tasvir qiyosiy tus oladi, taqqos kutilmagan, favqulodda boʻladi, narsa jonlantiriladi. Inson obrazi va hislati toʻgʻridan-toʻgʻri tasvir etilmaydi, kitobxon oʻylashga majbur boʻladi, emotsional taʼsirlanadi. V. maʼrifiy-estetik ahamiyatga ega, janr tuzilishi va vazni har xil boʻlishi mumkin. Avestoda uchrashi haqida ham maʼlumotlar bor. Arab mamlakatlarida islomgacha boʻlgan davrdayoq qasida janri ichida qoʻllangan; u topishmoqlar, masalga yaqin.
V. hajmi bir baytdan to oʻn baytgacha va undan ortiq boʻlishi mumkin, qisqalik, loʻndalik uning muhim tomonidir. V. arablarda mustaqil janr sifatida 10-asrda shakllangan. Shu asrda Buxoroda yashab, arab tilida ijod qilgai shoirlar V. yozganlar. Zamonaviy oʻzbek adiblari ijodida V. koʻplab uchraydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Abu Mansur as-Saolibiy, Yatimat ad-dahr, T., 1976; Adabiy turlar va janrlar, 2-j. T., 1992.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |