Vashington konferensiyasi
Vashington konferensiyasi (1921.12.11-1922.6.2) - AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya va Portugaliya ishtirokidagi konferensiya; Birinchi jahon urushidan keyin Tinch okeani havzasida vujudga kelgan davlatlar kuchlari nisbatini qayd etdi. Bu nisbat AQSH uchun qulay boʻlgan edi. V. k.ning eng muhim qarorlari: Toʻrt davlat shartnomasi, Besh davlat shartnomasi, Toʻqqiz davlat shartnomasi. Sovet Rossiyasi konferensiyaga taklif etilmadi. Vashingtonga kelgan Uzoq Sharq respublikasi delegatsiyasi konferensiyaga kiritilmadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |