Vasif Adıgözəlov
Vasif Zülfüqar oğlu Adıgözəlov (oʻzbekcha: Vosif Zulfugar oʻgʻli Odigoʻzalov 28-iyul 1935-yil Boku, Ozarbayjon SSR — 15-sentyabr 2006-yil Boku, Ozarbayjon) —ozarbayjonlik bastakor, pedagog, musiqa ustasi, professor, Ozarbayjon SSR xalq artisti (1989), „İstiqlal“ ordenlari laureati.
Vasif Adıgözəlov | |
---|---|
Vasif Zülfüqar oğlu Adıgözəlov | |
Tavalludi |
28-iyul 1935-yil |
Vafoti |
15-sentyabr 2006-yil (71 yoshda) Boku, Ozarbayjon |
Fuqaroligi |
SSSR Ozarbayjon |
Otasi | Zulfu Adigozalov |
Hayoti
tahrirVasif Zülfüqar oʻgʻli Adıgözəlov 1935-yil 28-iyulda Bokudagi mashhur mugʻom ustasi Zülfü Adıgözəlov oilasida dunyoga keldi. Ilk musiqiy tahsilini konservatoriya qoshidagi 10 yillik musiqa maktabida pianino chalish boʻyicha oldi. 1953-yilda Üzeyir Hacıbəyov nomidagi Ozarbayjon davlat konservatoriyasiga kirdi. Bastakorlik boʻyicha Qara Qarayevdan, fortepiano saboqlarini Simuzər Quliyevadan oldi. 1959-yilda konservatoriyani ikki mutaxassislik boʻyicha tamomladi.
Oilasi
tahrirIsm | Qarindoshlik darajasi | Kasbi |
---|---|---|
Zülfü Adıgözəlov | oʻgʻil | mugʻom xonandasi |
Rauf Adıgözəlov | uka | xonanda |
Yalçın Adıgözəlov | ota | dirijor |
Faoliyati
tahrirU professional faoliyatini 1958-yildan Radio va televideniye qoʻmitasida musiqa muharriri sifatida boshladi. Keyinchalik Ozarbayjon Bastakorlar ittifoqining masʼul kotibi, M. Maqomayev nomidagi Ozarbayjon davlat akademik filarmoniyasining bosh musiqa muharriri, A. Zeynallı nomidagi Boku musiqa maktabining direktori va shu kabi vazifalarda faoliyat yuritdi.
1972-yildan Üzeyir Hacıbəyov nomidagi Ozarbayjon davlat konservatoriyasida oʻqituvchilik qildi.
1990-yildan Ozarbayjon Bastakorlar ittifoqi Birinchi kotibi boʻldi.
1989-yildan professor ilmiy darajasini oldi. Shuningdek, Boku musiqa akademiyasining „Xor dirijorligi“ kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bordi.
Mukofotlari
tahrir- „Ozarbayjon SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat xodimi“ faxriy unvoni — 1973-yil 23-noyabr
- „Ozarbayjon SSR xalq artisti“ faxriy unvoni — 1989-yil 21-mart
- Ozarbayjon SSR Davlat mukofoti — 1991-yil
- „Şöhrət“ ordeni — 1995-yil 3-noyabr
- „İstiqlal“ ordeni — 2005-yil 27-iyul
Asarlari
tahrir- 2 opera: „Ölülər (opera)“, „Natəvan (opera)“
- 5 musiqiy komediya: „Hacı Qara (operetta)“ (R. Mustafayev hammuallifligida), „Nənəmin şahlıq quşu“, „Boşanaq - evlənərik“, „Lənət şeytana“
- 4 oratoriya: „Odlar yurdu“, „Qarabağ şikəstəsi“, „Çanaqqala-1915“, „Qəm karvanı“
- 3 kantata: „Novruzum“, „Təntənəli“
- 4 simfoniya
- 6 instrumental konsert
- kamera-instrumental musiqalar, kino-teatr musiqalari, romans va ashulalarning muallifi.
Filmografiyasi
tahrir- Aktrisanın təbəssümü (film, 1974)
- Balaca çoban (film, 1985)
- Bir tale naxışı. Vasif Adıgözəlov (film, 2012)
- Cazibə Qüvvəsi (1964)
- Həyat bizi sınayır (film, 1972)
- Keyfiyyət nişanı (film, 1974)
- Kədərimiz... Vüqarımız... (film, 1998)
- Kişi sözü (film, 1987)
- Qaraca qız (film, 1966)(film, kinoalmanax)
- Qəribə əhvalat (film, 1960)
- Lahıc (film, 2004)
- Maestro (film, 2002)
- Mahnı qanadlarında (film, 1972)
- Məhəbbət oratoriyası (film, 2003)
- Mətbuat fədaisi (film, 2007)
- Nəriman Əliyev (film, 2005)
- Skripkanın sərgüzəşti (film, 1972)
- Sovet Azərbaycanı (film, 1972)
- Sovet Azərbaycanı (film, 1977)
- Şərikli çörək (film, 1969)
- Zülfü ocağı (film, 2002)