Vasily Aleksandrovich Axhipov (ruscha: Василий Александрович Архипов, 1926-yil 30-yanvar – 1998-yil 19-avgust) Karib inqirozi davrida dengiz zobiti, vitse-admiral. K-19 suv osti kemasi ekipajini yadroviy halokatdan qutqarish, SSSR davlat chegaralarini himoya qilish boʻyicha fidokorona qarorlari, SSSR suv osti flotida xizmat qilish paytida aniq va qatʼiy harakatlari bilan tanilgan[1].

Vasily Aleksandrovich Axhipov
Vasili Arkhipov.jpg
Asl ismi Василий Александрович Архипов
Tavalludi 1926-yil 30-yanvar
SSSR
Vafoti

19-avgust 1998-yil

(72 yoshda)
Rossiya
Qoʻshin turlari SSSR harbiy floti
Jang/urush

Ikkinchi jahon urushi Karib inqirozi

Sovet-yapon urushi
Mukofotlari

Shuningdek, B-59 suv osti kemasida yadro qurolini uchirishga qarshi chiqib katta yoʻqotishlarga olib kelishi mumkin boʻlgan yadro va uchinchi jahon urushini oldini olib qolgan[2].

Hayoti

tahrir

1926-yil 30-yanvarda Moskva yaqinidagi Staraya Kupavna shahrida dehqonlar oilasida tugʻilgan. Moskva viloyatining Pushkin tumani, Klyazma qishlogʻidagi maktabda 9-sinfni tugatgan. 1942-yilda Omsk viloyatiga evakuatsiya qilingan Vasily Arxipovga qoʻyilgn qabrtosh Leningrad dengiz maktabining 10- sinfiga, 1942-yil dekabrda esa Tinch okeani oliy dengiz bilib yurtining tayyorgarlik kursiga oʻqishga kirdi. 1945-yil avgust oyida Sovet-Yapon urushida mina tashuvchi kemada kursant-komandiri sifatida xizmat qilgan. Ozarbayjon oliy-dengiz maktabida tahsil oladi va u yerni 1947-yili tamomlaydi[3][4].

Vasiliy Arxipov, turmush oʻrtogʻi Olga Arxipova bilan 1998-yilgacha yaʼni vafot etgunigacha birga boʻlgan. Ularning Yelena ismli qizi boʻlgan[5].

Vasiliy Arxipov uyatchan va kamtar odam sifatida tanilgan. 2012-yilda PBS telekanali „The Man Who Saved the World“ nomli hujjatli filmida uning rafiqasi uni aqlli, xushmuomala va juda xotirjam deb taʼriflagan. Uning shaxsiyati haqida asosan uning soʻzlaridan bilish mumkin edi. Uning soʻzlariga koʻra, u taʼtil paytida ham gazeta oʻqishni yoqtirardi va imkon qadar zamonaviy dunyodan xabardor boʻlishga harakat qilardi. Xuddi shu intervyuda Olga, erining xurofot eʼtiqodida ekanligi haqida ham aytib oʻtgan. U Vasilyning uyida sevgi maktublarini yoqib yuborgani va u maktublarni saqlash „omadsizlik“ keltiradi, deb aytganini eslaydi[6].

Faoliyati

tahrir

1947-yilda oʻqishni tugatgandan soʻng, Axhipov Qora dengiz va Boltiq flotlaridagi suv osti kemalarida xizmat qildi[3].

K-19 halokati

tahrir

1961-yil iyulda Arxipov qoʻmondon oʻrinbosari boʻlgani uchun yangi toifadagi K-19 (Hotel class) ballistik raketali suv osti kemasining ijrochi xodimi etib tayinlandi. Grenlandiyaning janubi-sharqiy qirgʻogʻida bir necha kunlik mashgʻulotlardan soʻng, suv osti kemasining yadro reaktori sovitish tizimida nosozlik paydo boʻldi. Bu muammo sovitish tizimining ishdan chiqishiga olib kelgan. Radioaloqa ham zarar koʻrgan va ekipaj Moskva bilan aloqa oʻrnata olmagan.

Zaxira tizimlari mavjud boʻlmaganligi uchun kapitan Nikolay Zateyev muhandislar ekipajining yetti aʼzosiga yadroviy parchalanishning oldini olish uchun yechim topishni buyurdi. Bu muhandislardan uzoq vaqt yuqori darajadagi radiatsiya taʼsiri ostida ishlashlarini talab etardi. Oxir-oqibat ular ikkinchi darajali sovitish tizimini oʻylab topishdi va reaktorning erib ketishining oldini olishga muvaffaq boʻlishdi. Garchi ular oʻzlarini yadroviy halokatdan qutqara olgan boʻlsalar ham, butun ekipaj, shu jumladan Arxipov ham nurlanishga duchor boʻlishgan edi. Muhandislar ekipajining bir nechta aʼzolari va ularning boʻlinma zobiti yuqori darajadagi radiatsiya taʼsirida voqea sodir boʻlganidan keyin bir oy ichida vafot etdi. Ikki yil davomida ekipajdagi yana 15 dengizchi halokatdan keyingi taʼsirlardan halok boʻldi[7].

Karib inqirozidagi ishtiroki

tahrir

1962-yil 27-oktyabrda Kubada boʻlayotgan Karib inqirozi paytida Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz flotining 11 dona vayron qiluvchi va USS Randolph samolyot tashuvchisi Kuba yaqinidagi dizel dvigatelli, yadro quroliga ega Foxtrot-class B-59 suv osti kemasini taʼqib qilar edi. Flot ochiq dengizda boʻlishiga qaramay, Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz floti suv osti kemasini aniqlash va suv yuzasiga chiqishga majburlash uchun signal zaryadlarini yubora boshladi[8][9].

Bu vaqtga kelib, bir necha kun davomida Moskvadan hech qanday xabar yoʻq edi va B- 59 ekipaji ilgari AQSh fuqarolik radiosi eshittirishlarini qabul qilgan boʻlsa-da, suv osti kemasi har qanday radio trafigini kuzatish uchun juda chuqur edi hamda Amerika taʼqibchilaridan yashirinish bilan band edi. Bortdagilar urush boshlanganmi yoki yoʻqligini bilishmagan[10][11]. Suv osti kemasi kapitani Valentin Grigoryevich Savitsky urush allaqachon boshlangan boʻlishi mumkin deb qaror qildi va yadroviy torpedani uchirishni xohladi[12].

„Maxsus qurol“ bilan qurollangan boshqa sovet suv osti kemalaridan farqli oʻlaroq, faqat kapitan va ofitser yadroviy qurolni uchirishga ruxsat berishlari kerak edi, buning oʻrniga B-59 bortidagi barcha uch zobitning ruxsati kerak edi. B-59 suv osti kemasida bu odamlar komandir Valentin Savitsky, komandirning siyosiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Ivan Semyonovich Maslennikov va suv osti brigadasi shtab boshligʻi, 2-darajali komandir Vasily Arxipov edi. Ularning uchtasi oʻrtasida janjal chiqdi chunki faqat Arxipov yadro qurolini uchirilishiga qarshi chiqgan[13][14].

Vasiliy Arxipov B-59ning ikkinchi darajali komandiri boʻlsa-da, u B-4, B-36 va B-130 ni oʻz ichiga olgan butun suv osti flotining komandiri ham edi[15]. Muallif Edward Wilsonning soʻzlariga koʻra, Axipovning oldingi yilgi K-19 hodisasida oʻzining jasoratli xatti-harakati tufayli erishgan obroʻsi torpedani ishga tushirish boʻyicha bahslarda katta rol oʻynagan[16]. Oxir-oqibat, Arxipov Savitskyni Moskvaning buyrugʻini kutishga koʻndirdi va uning bu harakati yadro quroli otilishi bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yadro urushining oldini oldi. B-59 batareyalari juda kam ishlagan va konditsioner ishlamay qolgan, bu esa haddan tashqari issiqlikni keltirib chiqargan va suv osti kemasi ichida yuqori darajadagi karbonat angidrid hosil boʻlishiga hamda aloqa bilan bir qancha muammolarni kelib chiqishiga olib kelgan[17]. Bu hodisa AQSh harbiy kemalari ularni taʼqib qilayotgan paytda yuzaga chiqqandi. Birmuncha muddatdan soʻng ular AQSh harbiy floti bilan aloqa oʻrnatishdi va muhokamadan soʻng, B-59 rus floti tomonidan Sovet Ittifoqiga qaytishni buyurdi[18].

Hayotining soʻnggi yillari

tahrir

Arxipov Sovet dengiz floti xizmatida davom etdi, suv osti kemalariga va keyinchalik suv osti eskadronlariga qoʻmondon vazifasida xizmat qildi. 1975-yil dekabr oyida kontr-admiral unvoni bilan u S. M. Kirov nomidagi Kaspiy oliy dengiz maktabining boshligʻi vazifasida 1985-yilgacha faoliyat olib bordi. Arxipov 1980-yilda vitse-admiral lavozimiga koʻtarildi va shu yilning oʻrtalarida nafaqaga chiqdi[19][20].

Mukofot va unvonlar

tahrir

2002-yilda AQSh direktori Thomas S. Blanton Arxipov „dunyoni qutqargan“ deya miliy xavfsizlik arxivida yozib qoldirgan[21].

K-19 suvosti kemasidagi halokatli voqea paytida yadroviy halokatning oldini olishga qaratilgan harakatlari uchun komandir Zateyev va uning ekipaji, shu jumladan Vasily Arxipov 2006-yil mart oyida Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod boʻlishdi[22].

Yana qarang

tahrir
  • Yadro quroli
  • Karib inqirozi
  • Yadro portlashi


    Manbalar

    tahrir
    1. Hegemony or Survival: America's Quest for Global Dominance. 
    2. „В. А. Архипов. Остановивший Третью мировую войну“.
    3. 3,0 3,1 Cuban Missile Crisis: The Essential Reference Guide. 
    4. „Vasili Arkhipov“.
    5. „Vasili Arkhipov - Naval Officer, Facts and Childhood“.
    6. „Missile Crisis: The Man Who Saved the World“.
    7. „Epilogue: Tragedy Upon Tragedy“. K-19: The History. National Geographic. 2011-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-may.
    8. Michael Dobbs, One Minute to Midnight, Vintage, Random House, 2009. Includes photograph of B-59 surfacing.
    9. „Chronology of Submarine Contact During the Cuban Missile Crisis“. National Security Archive of the George Washington University. Qaraldi: 2010-yil 15-noyabr.
    10. Michael Dobbs, One Minute to Midnight, Vintage, Random House, 2009. Includes photograph of B-59 surfacing.
    11. „Chronology of Submarine Contact During the Cuban Missile Crisis“. National Security Archive of the George Washington University. Qaraldi: 2010-yil 15-noyabr.
    12. Wilson.. „Thank you Vasili Arkhipov, the man who stopped nuclear war“ (2012-yil 27-oktyabr). 2021-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-oktyabr.
    13. „Excerpt from report [undated, circa December 1962, prepared by the USSR Northern Fleet Headquarters about participation of submarines "B-4," "B-36," "B-59," "B-130" of the 69th Submarine Brigade of the Northern Fleet in Operation "Anadyr" during the period of October-December, 1962 /CARIBBEAN CRISIS/ | National Security Archive“]. nsarchive.gwu.edu. Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
    14. „The Underwater Cuban Missile Crisis at 60 | National Security Archive“ (en). nsarchive.gwu.edu. Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
    15. Wilson.. „Thank you Vasili Arkhipov, the man who stopped nuclear war“ (2012-yil 27-oktyabr). 2021-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-oktyabr.
    16. Andoza:Cite interview
    17. „About participation of submarines "B-4," "B-36," "B-59," "B-130" of the 69th submarine brigade of the Northern Fleet in the Operation "Anadyr" during the period of October–December, 1962/CARIBBEAN CRISIS/“. National Security Archive. Qaraldi: 2019-yil 26-oktyabr.
    18. „A Russian submarine had a 'Crimson Tide' moment near Cuba“ (2022-yil 20-may).
    19. „Vice-Admiral Vasili Arkhipov | National Security Archive“.
    20. „The Underwater Cuban Missile Crisis at 60 | National Security Archive“.
    21. Lloyd, Marion. „Soviets Close to Using A-Bomb in 1962 Crisis, Forum is Told“ (2002-yil 13-oktyabr), s. A20. 2021-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-avgust.
    22. Davey, Tucker „55 Years After Preventing Nuclear Attack, Arkhipov Honored With Inaugural Future of Life Award“. Future of Life Institute (2017-yil 27-oktyabr). 2021-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.

    Havolalar

    tahrir