Vasiliy Vasilyevich Dokuchayev (1846.1.3, Milyukove qishlogʻi, hozirgi Smolensk viloyati Sichyovskiy tumani — 1903.8.11, Peterburg) — rus tabiatshunos olimi, Peterburg universiteti professor (1883—96).

V. V. Dokuchayev, 1888

"Rossiya qora tuprogʻi" (1883), asarida genetik tuproqshunoslik asoslarini yaratdi, tuproqshunoslik fanining asosiy qoidalarini taʼriflab berdi. "Bizning dashtlar oʻtmishda va hozir" (1892) asarida qurgʻoqchilikka qarshi kurash majmuining ilmiy yechimlarini koʻrsatib bergan. Rossiyada birinchi tuproqshunoslik kafedrasiga asos solgan (1895).

Dokuchayev gʻoyalari tabiiy geografiya, oʻrmonshunoslik, melioratsiya va b. rivojlanishiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Rossiya Qishloq xoʻjaligi FA Tuproqshunoslik instituti va b. ilmiy muassasalar Dokuchayev nomi bilan ataladi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil