Vasiliy Alekseyevich Perovskiy (1795.19(20).2, Pochep shahri, xrz. Bryansk viloyati - 1857.8(20).12, Alupka] — rus harbiy arbobi, general-adʼyutant (1833), kavaleriya generali (1843), graf-(1855-yildan). 1812-yilgi Fransiyarossiya urushi va rus-turk urushi (1828—29)da qatnashgan. Imperator Nikolay 1 ga yaqin boʻlgan. 1832 — 42 va 1851—57 yillarda Orenburg guberniyasi harbiy gubernatori va Alohida Orenburg korpusi komandiri. 1839—40 yilda josuslik maqsadida Xivaga qilingan yurishga rahbarlik qilgan, bu yurish muvaffaqiyatsizlik bilan tu-gagan (qarang Perovskiy ekspeditsiyasi). 1853-yil rus qoʻshinlari P. qoʻmondonligi os-tida Oqmachit qalʼasini (Perovskiy forti, keyinchalik Perovsk shahri, xoz. Qizil oʻrda) egallaganlar. Sirdaryo boʻyida bir qancha istehkomlar qurganlar, bu Orol harbiy flotiliyasi barpo etilishi bilan bir qatorda keyinchalik Qoʻqon xonligini bosib olinishiga imkon bergan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil