Vasiyat majburiyati - fuqarolik huquqida vasiyat yuzasidan merosxoʻrlar zimmasiga muayyan shaxs (shaxslar) foydasini koʻzlab biron-bir majburiyatni yuklash. Oʻzbekiston Respublikasi FK boʻyicha vorislar jumlasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan shaxslar ham V.m. yuzasidan huquq oluvchilar boʻlishlari mumkin. Bunday shaxslarga meros tarkibiga kiradigan ashyoni mulk qilib yoki boshqa ashyoviy huquq qilib berish, meros tarkibiga kirmaydigan molmulkni ular uchun sotib olish va berish, ana shu shaxs (shaxslar) uchun muayyan ishni bajarish, muayyan xizmatlar koʻrsatish va hokazo V.m.ni tashkil etadi. V.m. bilan aloqador huquqiy meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasi FKning 1132-moddasida belgilab berilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil