Vasserman reaksiyasi - zaxmni aniqlash uchun qoʻllaniladigan serologik reaksiya. Uni kashf etgan nemis olimi A. Vasserman (1866—1925) nomi bilan yuritiladi. V.r. komplementni bogʻlab olish reaksiyasi (KBR)ga asoslangan boʻlib, u bir yoʻla uchta antigenni ishlatgan holda olib boriladi. Tekshiriladigan zardob 1:4 nisbatda suyultirilib, 4 ta probirkaga 0,1 ml dan kuyiladi. Reaksiya bosqichini krest (+dan to ++++)lar soni bilan ifodalanadi. V.r.ning musbat boʻlishi, bemorda zaxm kasalligi borligini koʻrsatadi. Zaxmdan boshqa kasalliklar (bezgak, qaytalama terlama va b.)da ham V.r. qoʻyiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil