Vatan — kechki shaftoli navi. R. R. Shreder nomidagi ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida A. S Cherevatenko tomonidan mahalliy shaftoli naachari (Roʻgʻo-ni gov x Sariq nektarin)ni chatishti-rib chiqarilgan. Oʻzidan changlanadi. Daraxti oʻrtacha oʻsadi. Shoxshabbasi baquvvat. Guli ikki jinsli. Mevasi yirik (130—150 g), dumaloq, eti och-sariq, mevalari meva bandida mahkam oʻrnashgan, deyarli toʻkilmaydi. Poʻsti tukli. Eti danagidan yaxshi ajralmaydi. Danagi oʻrtacha kattalikda. Koʻchati ekilgandan keyin 3-yildan hosil qiladi. 10—12- yil yaxshi hosil beradi. Sugʻorilganda mevasi yiriklashadi. Sovuqqa va kasalliklarga chidami oʻrtacha. Mart oʻrtalarida gullaydi. Mevasi sent. oxi-rida pishadi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlari uchun tavsiya etilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil