Vaterjaket pech (ing . waterjacket, water — suv va jacket — gʻilof) — metall eritish pechi. Devori poʻlat quti — kessondan iborat, quti aylanib yuruvchi suv bilan sovitiladi. V. p.ning yumaloq va toʻgʻri toʻrtburchak xillari boʻladi. Qoʻrgʻoshin, mis, nikel, qalayi i.ch.da ishlatiladi (qarang Shaxta pech).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil