VATTO (Watteau) Antuan (Jan Antuan) (1684.10.10, Valansenn, fransuz Flandriyasi — 1721.18.7, Nojan-syurMarn, Parij yaqinida) — fransuz rassomi, fransuz realistik sanʼatining asoschisi. 1717-yilda "Qiferu oroliga ziyoratga" (Luvr, Parijda) yirik asari uchun Akademik unvoni berilgan. V. ijodi fransuz rangtasviri, grafikasi va bezak sanʼati rivojining yangi bosqichini boshlab berdi, asarlariga alohida ishqiy va joʻshqin ehtiroslar olib kirdi ("Bivuak", "Sugʻur koʻtargan savoyar", 1716 va b.). V. ilk bor sanʼatda istehzo va kuyunchaklik bilan yoʻgʻrilgan nozik ruhiy holatlarni aks ettirdi ("Venesiya bayrami", "Muhabbat tantanasi" va b.). V. merosi (ayniqsa bezak nafosati bilan) rokokoni uslubiy yoʻnalish sifatida rivojlanishiga zamin yaratdi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil