Sergey Ivanovich Vavilov [1891.12(24).3 — Moskva — 1951.25.1] — rus fizigi, jamoat arbobi. Fizik optika ilmiy maktabi asoschisi, sobiq Ittifoq FA akad. (1932) va prezidenti (1945 y. dan). Katta sovet ensiklopediyasi (BSE) 2-nashri bosh muharriri (1949 y. dan). N. I.Vavilovning ukasi. V. lyuminessensiya — yorugʻlik tushirilgan baʼzi moddalarning uzoq yorugʻlanishini oʻrgangan, yorugʻlik texnikasida keng qoʻllaniladigan kunduzgi va oq yorugʻlik sochadigan lyuminessent lampalar i. ch. texnologiyasini ishlab chiqqan. V. yorugʻlikning kvant fluktuatsiyalarinm topishga doir nozik tajribalar oʻtkazib, yorugʻlikning kvant tabiatini yaqqol isbotlagan. P. A. Cherenkov bilan birga Cherenkov — Vavilov nurlanishi deb nomlangan yangi fizik hodisani kashf etgan. V. fizika tarixi boʻyicha yirik mutaxassis hisoblanadi, xususan I. Nyutonning optikaga oid barcha ishlarini rus tiliga tarjima qilgan va uning eng yaxshi biografiyalaridan birini yozgan. V. fan targʻibotchisi. "Koʻzlar va Quyosh", "Issiq" va "Sovuq", "Yorugʻlik haqida" nomli ilmiy ommabop kitoblar muallifi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil