Vaxtang Mixaylovich Chabukiani [1910.27.2(12.3) Tbilisi 1992] - balet artisti, baletmeyster, balet maktabining yirik ustalaridan. Xalq artisti (1950). 1929—41 yillar Leningrad opera va balet teatrida, 1941—73 yillar Gruziya opera va balet teatrini, shuningdek, 1950—73 yillar Tbilisi xoreografiya bilim yurtini boshqargan. Bazil ("Don Kixot"), Otello ("Otello"), Albert ("Jizel"), Zigfrid ("Oqqush koʻli"), Jerom ("Parij alangasi") kabi partiyalari bilan balet choʻqqisiga koʻtarilgan. "Sinatle" (G.V.Kiladze), "Gorda" (D.A.Toradze), "Appassionata" (L.Betxoven) va boshqa baletlarni sahnalashtirgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Chabukiani Vaxtang Mixaylovich" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil