Vaysheshika (sanskritcha vishesha — alohida, oʻziga xos) — hind falsafasidagi vedalarni eʼtirof etuvchi 6 anʼanaviy tizimdan biri. Asoschisi Kanada ismli shaxe deb taxmin qilinadi. Uning asari "Vaysheshikasutra" (1-ming yillikning 1-yarmi) deb ataladi. "Padartxadharma-sangraxa" asari, Jayanarayanning "Vivriti" (17-asr) asari "Vaysheshikasutra"ga yozilgan sharh hisoblanadi. Buddizmta qaramaqarshi oʻlaroq, narsalar tushunchalar bilan birgalikda mavjud deb hisobladi. V. qad. hindlarning tabiiy-ilmiy dunyoqarashlari bilan bogʻliq. V.ning koinot haqidagi nazariyasiga koʻra. u suv, tuproq, nur, havodan tarkib topgan. V.ning atomistik nazariyasi qad. moddiyunchilik taʼlimotini yanada rivojlantirganligidan guvohlik beradi. V. taʼlimoticha, barcha mavjud narsalar 6 tushunchada oʻz ifodasini topa-di: javhar, sifat, harakat, umumiylik, xususiylik va mansublik. Sutralarning sharxlovchilari bunga 7-tushuncha — inkor yoki mavjud boʻlmaslikni ham qoʻshadilar. V. tizimida asosiy tushuncha javhar boʻlib, narsalar mohiyatini ifodalaydi. Javharlar narsa va ashyolarning oʻziga xosligi va sifatlarini belgilaydi. Kanada javharlarning 17 xususiyatini, Prashastapada 24 sifatini sanab oʻtadi. Javharlar harakat va faollikka egadirlar. V. taʼlimotida atom doimiy, oʻzgarmas zarra boʻlib, moddiy jismlarning oxirgi boʻlinish chegarasidir. U aylanma shaklga ega, zamonlar oʻtishi bilan ham oʻzgarmaydi. Atomlar oʻz tabiatlariga koʻra sokin boʻlib, ularni harakatga keltirish tashqi turtkiga bogʻliq. Koʻrinmas kuch — adrishta atomlarni harakatga keltiradi. Xudo jahoniy ruh — Brahmanni yaratgan. U koinotni yaratmagan boʻlsa ham, ammo uni idora qiladi. Muhammadjon Qodirov.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil