Vishnuizm, vayshnavizm -hinduizmning 2 asosiy oqimidan biri (shivaizm qatorida). Asosan Shim. Hindistonda tarqalgan. Eʼtiqodchilari Vishnupk abadiy jonli tabiat mujassami sifatida va oliy xudo deb biladilar. V.da mil. av. 1-ming yillik oʻrtasidayoq monoteistik yoʻnalish namoyon boʻldi va liniy marosimlar zarurligini rad etuvchi bhaqta — xudoni sevish va unga sadoqat aqidasi yaratiddi. Mil. 11-asrdan boshlab V.da sektantlik yoʻnalishlari paydo boʻladi, bu yoʻnalishlardan ayrimlari tabaqachilikka ajratishlarga qarshi chiqib, bhaqta taʼlimoti bilan yaqindan bogʻlanib qolgan edi. Bhaqta targʻibotchisi — jan. hindistonlik faylasuf va diniy islohotchi Romanuja (1137 i. v. e.) shrivayshnavlar tariqatiga asos soldi. U hozir ham V.da eng yirik tariqatlardan biri hisoblanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil