Vazamar

soʻnggi siyovushiylar sulolasidan boʻlgan xorazmshoh

Vazamar (3-asr 1-yarmi) — soʻnggi siyovushiylar sulolasidan boʻlgan xorazmshoh. Arsamux I ning vorislaridan. V. davrida Xorazmda kumush tangalar zarb qilingan. Tangalarda shoh uzun soqolli, burgut koʻrinishidagi temir qalpoq kiygan holda tasvirlangan. Tangalardagi siyovushiylarning S shaklidagi tamgʻasi Xorazmning kushonlarpyaya siyosiy mustaqil davlat boʻlib ajralib chiqqanidan dalolat bergan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil