Vazn toifalari
Vazn toifalari - oʻzbek milliy kurashi, yunon-rum kurashi, erkin kurash, boks va ogʻir atletikada sportchilarning vazniga qarab guruhlarga boʻlinishi. Sportda musobaqa qatnashchilariga teng imkoniyat yaratib berish uchun ular toifalarga ajratiladi. Mas., boksda — kichik yoshdagi (15—16 yoshli) oʻsmirlar — 15 ta, oʻspirinlar (17—18 yoshli) — 12 ta, kattalar — 10 ta; kurashda — 8 ta, ogʻir atletikada — 9 ta vazn toifasiga boʻlinadilar. Kurash va boksda oʻsmir va oʻspirinlarni mashgʻulot va musobaqalarga koʻyish chogʻida ularning vazni bilan birga yoshi ham hisobga olinadi. Yana q. Boks, kurash, ogʻir atletika.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |