Veda dini

mil. av. 1-ming yillikda Hindistonda vujudga kelgan din

Veda dini — mil. av. 1-ming yillikda Hindistonda vujudga kelgan din. Vedalar orqali maʼlum. Hinduizm dini shakllanishining dastlabki bosqichi. V.d.da dastlab tabiat kuchlari va hodisalari antropomorfik (inson qiyofasiga oʻxshatib) tasavvur etilgan. V.d.da yaxshi va yomon xudolar, ruxlar haqidagi tasavvurlar asosiy oʻrin egalladi. Unda politeizm (koʻpxudolik) hukmron boʻlgan. V.d.da sigʻinish marosimlari asosan xudolarga qurbonlik qilish, ovqat, hayvonlar keltirish va turli urf-odatlarni bajarishdan iborat boʻlgan. Keyinchalik kohinlarning alohida qatlami — brahmanlar ajralib chiqib, diniy marosimlar tizimi murakkablashdi. V.d.ning keyingi evolyutsiyasi natijasida brahmanizm vujudga keldi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil