Ilya Nesterovich Vekua (1907.23.4, Shesheleti qishlogʻi, Abxaziya — 1977.2.12, Tbilisi) — gruzin matematigi va mexanigi, Akademik (1958). Asosiy ilmiy ishlari xususiy hosilali differensial tenglamalar va ularning tatbiqiga oid. Elliptik tipdagi tenglamalarni yechishda kompleks oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasidan foydalanib yaratgan yangi usullari, singulyar integral tenglamalarga doir tadqiqotlari hamda ularni matematikaning boshqa tarmoqlariga qoʻllashga doir ishlari bilan keng tanilgan. Mexanika sohasida qayishqoq qobiqlar matematik nazariyasining yangi variantini ilgari surgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil