Velosiped (lotincha: velox — „tez“, pes — „oyoq“) pedallar orqali odam mushaklari kuchi bilan harakatlanuvchi, yer sirtida yurishgan mo‘ljallangan, g‘ildirakli transport vositasidir. Insonning harakatlanish vositalaridan biri. Qoʻlda (nogironlar velosipedi) va motor (dvigatel) yordamida harakatlantiriladigan velosipedlar ham bor. Velosiped gʻildirak, rama, egar, rul, pedal, zanjir va ikki charx (yulduzcha) dan iborat. Pedal bosilganda unga biriktirilgan charx zanjirni, zanjir esa orqa gʻildirak oʻqiga mahkamlangan charxni aylantiradi. Velosiped qoʻl yoki oyoq tormozi bilann toʻxtatiladi. Gʻildiraklarning oʻlchamiga qarab, erkaklar, ayollar va bolalar velosipedlari; vazifasiga qarab, oddiy, universal, sport, maxsus (sirkda, yuk tashishda ishlatiladigan, tirkama aravachali, veloriksha), velosiped-drezina (relsda yurish uchun) boʻladi. Dastlabki velosipedni Karl Drais (Olmoniya, 1818) yasagan. Hozirgi ikki gʻildirakli oddiy velosipedlarning tezligi 10—30 km/soat, ogʻirligi 8—16,5 kg. Motorli velosipedlar soatiga 30—50 km tezlik bilan harakatlanadi. Sport velosipedi ancha yengil boʻladi, tezligi soatiga 70 km dan oshadi.[1]

Poyga velosipedi
Velosiped evolyutsiyasi
Velosiped qismlari

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir