Vena toʻgaragi
Vena toʻgaragi – falsafiy toʻgarak, mantiqiy pozitivizm asoslarini ishlab chiqqan. 1922 y. Vena sh.da vujudga kelgan. Asoschilari – M. Shlik, O. Neyrat, F. Kaufman, K. Gyodel va b. 1926 y.dan – R. Karnap. V.t.ning falsafiy konsepsiyasi E. Max, L. Vitgenshteyn, B. Rassel hamda oʻtmishdagi falsafaning empirik va ratsionalistik, panlogistik anʼanalari taʼsirida shakllandi va subʼektiv idealizmning koʻrinishi sifatida namoyon boʻldi. V. t. falsafiy muammolarni formal mantiq bilan bogʻlashga, fan tilini mantiqiy tahlil qilishga urindi. Matematik mantiq apparati tahlil qilish vositasi sifatida taklif etildi. Tadqiqot uslubi sifatida V.t. olgʻa surgan mantiqiy empirizm empirizmni ratsionalizm bilan birlashtirishga urinish edi. V.t. 1939 y.gacha faoliyat koʻrsatdi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |