Venger muskati
Venger muskati, Vaniliya, Muskat de Jezyu, Muskat krokan, Muskat Primavi — kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan xoʻra-ki va vinobop uzum navi. Yevrosiyoning uzumchllik hududlarida tarqalgan. Rossiyaning jan., Oʻzbekiston, Kozogʻiston va Kirgʻizistonda rayonlashtirilgan. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi oʻrtacha (diametri 15—16 sm), toʻgarak, kam kertikli. Besh boʻlakchali, toʻq yashil. silliq, tuksiz, cheti arratishli, bargi shapalogʻi asosining (barg bandita yaqin qismi) kengligi bilan boshqa muskat navlaridan ajralib turadi. Uzum boshi oʻrtacha (boʻyi 15—17 sm, eni 9—11 sm), silindr-konnussimon, oʻrtacha tigʻiz, ogʻirligi 180— 200 g . Gʻujumi oʻrtacha (17—18 mm), dumaloq, oqyashil, sershira, eti karsillaydi, xushboʻy muskat hidi kelib turadi. Hosili kurtak yozishdan boshlabfaol harorat yigʻindisi 2700—2900° da 140—150 kunda (avg .ning ikkinchi yarmida) pishadi. Tarkibida 25—26% qand bor. Hosildorligi 80—130 s/ga. Bu nav yengil, unumdor tuproqlarda yaxshi oʻsib, moʻl hosil beradi. So-vuqqa, kasallik va zararkunandalar-ga chidamsiz. Asosan, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida tarqalgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |